O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
24 - may 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilning 18-may kuni S-3 Polsha milliy trassasida Shchechin va Gojuv shaharlari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz berib, uning oqibatida “Matiz” rusumidagi avtomobil yonib ketdi. Bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi og‘ir kuyish jarohatlari bilan hushsiz holda Shchechin shahri kasalxonasiga olib kelingan.

Tekshiruv olib borayotgan Piritsi shahri politsiyasidan olingan xabarga ko‘ra ularning ikkalasi ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga binoan Mamadaliyev Shuxratjon Vaxobovich vafot etgan, Lutfullayev Baxtiyor Erkin o‘g‘li kasalxonaga yotqizilgan.

Elchixona Polsha hokimiyat organlari bilan aloqa o‘rnatgan va muammolarni tezkor hal qilishda ko‘maklashish uchun vaziyatni nazoratda ushlab turibdi.



Marta o`qilgan: 1993