O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
23 - may 2019

Tayinlov

Ashraf Xo‘jayev TIV Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi (TIHBB) boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

TIHBB Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish boshqarmasi, Eksport va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasi, Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Turizmni rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlik boshqarmasini o‘z ichiga oladi.



Marta o`qilgan: 1360