×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
17:20:38 (GMT +5), seshanba, 25 - iyun 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - may 2019

Neft va gaz sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekistonga xorijiy sarmoya va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish doirasida 2019-yilning 13-may kuni Rim shahridagi Italiyaning «ENI Spa» neft-gaz kompaniyasi shtab-kvartirasida O‘zbekistonning Уlchisi Otabek Akbarov hamda mazkur kompaniyaning Xalqaro munosabatlar bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Lapo Pistelli o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1953-yil tashkil topgan, dunyoning 71 mamlakatida faoliyat ko‘rsatadigan «ENI Spa» korxonalarida 33 mingdan ziyod xodim ishlaydi. Kompaniya soha bo‘yicha to‘liq turkumda, ya’ni formulalarni tadqiq etish va ishlab chiqish, neft va gazni qazib olish, tashish va qayta ishlash, shuningdek, turli moylar ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

2015-yilgacha Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Lapo Pistelli O‘zbekiston – Italiya o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab yo‘nalishlar qatori iqtisodiyot sohasida ham faollashib borayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, «ENI Spa» O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli, tezkor va izchil islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekistonning tabiiy resurslarga boyligi, geografik qulay joylashuvi kompaniyada ikki tomonlama hamkorlikka katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mamlakatimizda neft-gaz sohasini modernizatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etish istagida.

«ENI Spa» vitse-prezidenti O‘zbekiston bilan geologoiya-qidiruv, zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash kabi keng qamrovli masalalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik strategiyasini belgilab olish maqsadida yaqin kelajakda ikki tomonlama delegatsiyalar tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etishga tayyor ekanini bildirdi.



Marta o`qilgan: 315