×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:58:34 (GMT +5), dushanba, 23 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - may 2019

YXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv

2019-yilning 20-may kuni O‘zbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, YXHT va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Sherzod Asadov YXHT Bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashdi.

Muloqotda YXHTning amaldagi raisi, Slovakiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Miroslav Laychakning 2019-yil 19-20-may kunlari mamlakatimizga qilgan tashrifi yakunlari, shuningdek, tashkilot faoliyati hamda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tomas Greminger O‘zbekistonning YXHT bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berdi, tashkilot bundan keyin ham munosabatlarni mustahkamlashdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Bosh kotib O‘zbekistonda inson huquqlari, so‘z erkinligi va axborot olish huquqini mustahkamlash, davlat idoralari mas’uliyatini oshirish, ijtimoiy siyosat va demokratik institutlarni qo‘llab-quvvatlashni davom etirish, iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali harakatlarni mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘zbekistonda bir qator xorijiy agentliklar va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar saytlariga kirish to‘liq tiklangani e’tirof etildi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar samarali amalga oshirilayotgani, mazkur strategiyaning maqsadi YXHT kun tartibida turgan masalalarga to‘la mos kelishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, hamkorlikda O‘zbekistonda keng miqyosda olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.



Marta o`qilgan: 958