×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:40:40 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - may 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yilning 19-may kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanidagi kafeda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv natijasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarolari pichoqdan jarohat olgan:

- Ziyoyev Paxlavon Baxtiyorovich, 15.10.1987-y.da tug‘ilgan;

- Ziyoyev Shaxriyor Baxtiyorovich, 03.09.1986-y.da tug‘ilgan;

- Ziyayev Anvar Axrorovich, 07.07.1987-y.da tug‘ilgan;

- Maxmudov Abduaziz Madjidovich, 16.07.1995-y.da tug‘ilgan.

P.Ziyoyev va Sh.Ziyoyev I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg ilmiy-tadqiqot institutiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun joylashtirilgan va ayni paytda operatsiya blokiga o‘tkazilgan. Mazkur holat bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksi 111-moddasi 3-qismi (“Qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish”) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan

Bosh konsulxona Sankt-Peterburg shahrining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.



Marta o`qilgan: 931