O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
16 - may 2019

Bishkek shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi delimitatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2019-yilning 13-16-may kunlari Bishkek shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi delimitatsiyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuvda davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida qo‘shma dala ishlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tadbir do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.

Muzokalar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyalari rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Kanibek Botobayev tegishli protokolni imzoladilar.

Navbatdagi uchrashuvni O‘zbekiston hududida o‘tkazish rejalashtirildi.



Marta o`qilgan: 1351