×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:37:09 (GMT +5), seshanba, 21 Маy 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - may 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiyaning «LUKOYL» kompaniyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-may kuni "O‘zbekiston nefti va gazi" xalqaro ko‘rgazmasi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida mamlakatimizda bo‘lib turgan «LUKOYL» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatimiz neft-gaz tarmog‘ida yetakchi bo‘lgan ushbu Rossiya kompaniyasi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi.

Bugungi kunda "LUKOYL" kompaniyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarga kiritgan investitsiyalar hajmi 7,5 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

O‘tgan yil aprel oyida ishga tushirilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi loyiha quvvatiga chiqdi. "Hovuzak" va "Shodi" konlari, shuningdek, Janubi-G‘arbiy Hisor konlari o‘zlashtirilmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, jumladan, yangi investitsiya dastur va loyihalarini tayyorlash hamda «LUKOYL» kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Vagit Alekperov Prezidentimizga samimiy qabul va qo‘shma loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

"LUKOYL" kompaniyasi rahbari O‘zbekiston bilan neft-gaz tarmog‘ida uzoq muddatli va keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 118