×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:01:06 (GMT +5), dushanba, 22 - iyul 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - may 2019

Yangi Zelandiya Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yangi Zelandiya Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Ien Aleksandr Hill bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Yangi Zelandiya hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi.

Geografik jihatdan bir-biridan ancha olisda joylashganiga qaramasdan O‘zbekiston va Yangi Zelandiya qishloq xo‘jaligi, muqobil elektroenergetika, turizm tarmoqlaridagi hamda ta’lim va fan sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish uchun sezilarli salohiyatga ega ekanligi e’tirof etildi. Shu munosabat bilan tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirishning yangi yo‘llarini birgalikda izlashga tayyorligini tasdiqladi.

Elchi Investitsiyalar va tashqi savdo, Qishloq xo‘jaligi vazirliklarida hamda Uzumchilik va sharobchilikni rivojlantirish agentligida uning uchrashuvlarini tashkil etishda ko‘maklashilgani uchun minnatdorchilik izhor etdi. U muzokaralarda aniq yo‘nalishlardagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.



Marta o`qilgan: 433