×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:56:55 (GMT +5), chorshanba, 17 - iyul 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - may 2019

Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Koreya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon Uni qabul qildi.

Ikki tomon kun tartibi borasida fikr almashish chog‘ida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning jadal rivojlanayotgani qayd etildi.

2017-yilning noyabr oyida Seul shahrida va 2019-yilning aprel oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan oliy darajali O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvlarining muvaffaqiyatli yakunlari tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni faollashtirish imkonini bergani ta’kidlandi. Xususan, 2018-yilda o‘zaro savdo aylanmasi 50%dan ortiqqa o‘sib, 2 mlrd. AQSh dollaridan oshdi.

Uchrashuvda Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo shaklidagi hamkorlikning samarali ahamiyati ham e’tirof etildi.

Vazir Elchining mamlakatimizdagi uch yillik faoliyatini hamda hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Elchi o‘z navbatida O‘zbekistondagi missiyasini bajarishi uchun yaratilgan sharoitlarga minnatdorchilik bildirdi.


Anvar Ilyasov olgan surat



Marta o`qilgan: 518