O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
13 - may 2019

O‘mon Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriy bilan uchrashdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning amaliy jihatlari, jumladan hamkorlikning shartnoma-huquqiy asosini kengaytirish bo'yicha takliflar, shuningdek, O‘zbekiston-O‘mon kun tartibidagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.



Marta o`qilgan: 518