×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:48:58 (GMT +5), seshanba, 15 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - may 2019

Gruziya Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gruziyaning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini olar ekan Vazir Elchini faoliyati boshlangani bilan tabrikladi va muvaffaqiyat tiladi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Gruziya munosabatlarining holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan ikki tomonlama savdoni oshirish hamda yetkazib beriladigan tovar va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish hisobidan aloqalarni mushtahkamlashga ikki tomon ham qiziqish bildirdi.

2019-yil 16-iyuldan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga va turizm sohasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirishga imkon berishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.


Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 928