×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
06:14:50 (GMT +5), juma, 18 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - may 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi konsullik bo‘limi Tula viloyati Uzlovaya shahrida fuqaro U.Egamurotovaning o‘ldirilishi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib borishda davom etmoqda.

Marhum kelib chiqishiga ko‘ra haqiqatdan ham o‘zbekistonlik bo‘lib, 2011-yilda doimiy yashash joyini Rossiyaga ko‘chirgan hamda Rossiya Fedratsiyasi fuqaroligini olib O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechgan.

2019-yilning 1-may kuni U.Egamurotovaning jasadi, vatandosh sifatida, O‘zbekistonga yetkazildi hamda 2-may kuni vatanda dafn etildi. Jasadni jo‘natish va dafn etish harajatlarini rossiyalik ish beruvchi o‘z zimmasiga oldi. Marhumning 3 nafar farzandi – Rossiya fuqarolari Tula viloyatida o‘z otalari – Rossiya fuqarosi qarmog‘ida qoldi.

Ayni paytda Tula viloyati Tergov boshqarmasi Uzlovaya shahri tergov bo‘limi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida ko‘zda tutilgan jinoyat (odam o‘ldirish) alomatlari bo‘yicha ochilgan jinoyat ishining tergov jarayonlari davom etmoqda. Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi qamoqqa olingan. Ayni paytda u bilan tergov ishlari olib borilmoqda va u Rossiya Jinoyat kodeksi doirasida o‘z qilmishiga yarasha jazo oladi.



Marta o`qilgan: 1590