×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:06:49 (GMT +5), payshanba, 18 - iyul 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


2 - may 2019

Arzon uy-joy sohasidagi loyihalar muhokama qilindi

2019-yilning 2-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan ko‘rsatmalarini bajarish doirasida Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Abdualiyev “Calatrava Grace” (AQSh) bosh direktori Maykl Sellman bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Namunaviy bloklarni ishlab chiqarish va arzon uy-joy qurilishi bo‘yicha investitsiya loyihalarini Navoiy viloyatida va keyinchalik respublikaning boshqa mintaqalarida joriy etishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Maykl Sellman O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va qulay sharoitlarni yuqori baholadi va qisqa muddatda O‘zbekistonda sifatli, ishonchli va arzon uy-joylarni qurish imkonini beradigan kompaniyaning mazkur loyihalari ilg‘or texnologiyalar va innovatsion texnik yechimlarni qo‘llagan holda amalga oshirilishini ta’kidladi.

Navoiy viloyatida bloklar ishlab chiqarish va arzon uy-joylarni qurish bo‘yicha 100 mln. AQSh dollariga teng qiymatdagi loyihalar O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi ko‘magida tayyorlangan va 12-mart kuni davlatimiz rahbarining Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida taqdim etilgan.



Marta o`qilgan: 452