×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:26:15 (GMT +5), juma, 6 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


22 - aprel 2019

O‘zbekiston delegatsiyasi “ShHT – Afg‘oniston” Muloqot guruhining majlisida ishtirok etdi

2019-yilning 19-aprel kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya “ShHT – Afg‘oniston” Muloqot guruhining yig‘ilishida ishtirok etdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo-mamlakatlar vakillari Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy rahbarligidagi delegatsiya bilan birgalikda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar. “ShHT – Afg‘oniston” shaklidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Afg‘onistonda ziddiyatni hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni faollashtirishni ma’qullaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.

“Biz Afg‘onistondagi siyosiy jarayonlar faqat afg‘onlar tomonidan va afg‘on xalqi boshchiligidagi amalga oshirilishi shart degan asosiy tamoyil tarafdori bo‘lib qolamiz, – dedi Ismatulla Irgashev. Kurashuvchi tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishishda huquqni muhofaza qilish, fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, ayollar huquqlarini himoya qilish kabi sohalar bo‘yicha davlat institutlarini saqlab qolish muhim hisoblanadi”.

Qayd etilganidek, tomonlarni yarashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy kelajagiga, mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikka va Afg‘onistonning yosh avlodiga investitsiya kiritmoqda. Afg‘onistonda transport va logistika, energetika, savdo va ta’lim sohalarida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tomonidan “Surxon–Puli-Xumri” elektr uzatish tarmog‘ining qurilishi, Termiz shahrida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi va bojxona terminaliga ega boʻlgan “Termiz-Kargo” logistika markazining ochilishi, “Mozori-Sharif–Hirot temir yo‘li qurilishi loyihasining ishlab chiqilishi shular jumlasidandir.

O‘zbekiston afg‘on xalqi uchun muhim bo‘lgan boshqa loyiha – “Mozori-Sharif–Kobul–Peshavor” temir yo‘li qurilishida Afg‘oniston, Qozog‘iston, Pokiston va Rossiya bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mazkur temir yo‘li Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydi hamda turli mamlakatlar, jumladan ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida yaqin iqtisodiy aloqa o‘rnatishga yordam beradi.

Bundan tashqari, joriy yilda Toshkent shahrida Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka bag‘ishlangan sakkizinchi xalqaro konferensiyaning (RECCA VIII) vazirlar uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatishda “ShHT – Afg‘oniston” Muloqot guruhi o‘z hissasini qo‘shishiga ishonch bildirildi.

Bishkek shahrida bo‘lish chog‘ida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev “ShHT-Afg‘oniston” Muloqot guruhi majlisida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari – Xitoy TIVning tashqi xavfsizlik bo‘yicha maxsus vakili Chen Gopin, Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Gitesh Sharma bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Afg‘onlararo tinchlik jarayonini boshlash va Afg‘onistonda infratuzilmaviy, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.



Marta o`qilgan: 996