×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:52:27 (GMT +5), dushanba, 26 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


11 - aprel 2019

AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat va ushbu mamlakatda tinchlik jarayonini boshlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, ko‘p yillik afg‘on mojarosini faqatgina kurashayotgan tomonlar o‘rtasida tinchlik muzokaralarini o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Mazkur shart asosiy qoida o‘laroq Toshkent deklaratsiyasi matnida ilgari surilgan va belgilagan. Ushbu hujjat dunyoning yetakchi davlatlari va mintaqa mamlakatlari vakillari tomonidan konsensus asosida qabul qilingan.

Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston – AQSh hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari hamda Afg‘onistonda yirik ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni barpo etishda va infratuzilma loyihalarini tadbiq etishda amaliy hamkorlik qilish to‘g‘risidagi takliflar muhokama qilindi. Ushbu loyihalar Afg‘onistonning tinch va barqaror rivojlanishiga, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatdan Markaziy Osiyo hududining uzviy qismi bo‘lishiga imkon yaratadi.

TIVdagi uchrashuvda boshqa xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Suhbatda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev ishtirok etdi.


Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 776