×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
19:59:19 (GMT +5), yakshanba, 21 - iyul 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


11 - aprel 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Xitoyda yashayotgan va erkinligi turmush o‘rtog‘i tomonidan cheklanayotganini e’lon qilgan O‘zbekiston fuqarosi Shodiyona Davlatova to‘g‘risida OAVda paydo bo‘lgan materiallar yuzasidan TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma’lum qiladiki, mazkur vaziyat mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasi konsullik bo‘limi tomonidan nazoratga olingan.

Ushbu hamyurtimiz o‘tgan yili aprel oyida Andijon shahrida Xitoy fuqarosi bilan qonuniy nikohdan o‘tgan hamda doimiy yashash uchun XXRga uchib ketgan. Tez orada ichki oilaviy nizolar tufayli Elchixona ko‘magida vatanga qaytgan. Lekin keyinroq o‘z xohishiga ko‘ra yana turmush o‘rtog‘ining yoniga jo‘nab ketgan. 31-mart kuni Sh.Davlatova Elchixonaga qayta murojaat qilgan va yashash sharoitlari va turmush o‘rtog‘i tomonidan zulm qilinayotgani to‘g‘risida shikoyat qilgan hamda O‘zbekistonga qaytish istagini ma’lum qilgan.

Oilaviy kelishmovchiliklar va turmush o‘rtog‘i tomonidan berilgan va’dalarning bajarilmasligi tufayli shunday iltimos bilan O‘zbekiston fuqarosi M.T. ham Elchixonaga murojaat qilgan. M.T. vositachi firma orqali xorijlik bilan tanishgan va o‘tgan yilning dekabr oyida nikohni rasmiylashtirib Xitoyga ketgan.

Shu munosabat bilan Elchixona Xitoyning tegishli hukumat organlari bilan birgalikda mazkur hamyurtlarimizni Toshkentga qaytishiga yordam berish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rmoqda.

O‘zbekistonning Pekin shahridagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida xuddi shunday holatga tushgan o‘nlab fuqarolarimiz mavjud. Shu munosabat bilan O’zbekistonning diplomatik vakolatxonasi tomonidan ularning shaxsini aniqlash va konsullik yordami ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlar tashkillashtirilgan.



Marta o`qilgan: 1051