O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
2 - aprel 2019

Termiz shahrida bo‘lajak O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuviga doir

2019-yilning 3-aprel kuni Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda ikki mamlakat Hukumati delegatsiyalari tomonidan Hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalari sarhisob qilinadi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.



Marta o`qilgan: 1978