×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:45:07 (GMT +5), yakshanba, 27 - sentabr 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - aprel 2019

O‘zbekiston Hukumat delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi

2019-yilning 31-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘onistonda bo‘ldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Afg‘onistondagi holat yuzasidan ham fikr almashildi.

Afg‘oniston Prezidenti tinchlik jarayonini boshlash borasidagi faol ko‘magi uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik izhor etdi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklanishi mavjud holat barqarorlashuvining muhim sharti hisoblanishini va bu jarayonga O‘zbekiston salmoqli hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.

Muhammad Ashraf G‘ani iqtisodiy va infratuzilmaviy hamkorlikni faollashtirganligi uchun Afg‘onistonning O‘zbekistondan minnatdorligini bildirdi. U iqtisodiy hamkorlik mintaqaviy barqarorlikka zamin yaratishini ham ta’kidladi.

Afg‘oniston rahbari, shuningdek, tinchlik muzokaralarini tashkillashtirish maydoni sifatida Samarqand shahrini tanlagani uchun O‘zbekiston delegatsiyasiga minnatdochilik bildirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Afg‘oniston kun tartibining boshqa masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi.

31-mart kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Kobul shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov va Afg‘oniston Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamidulla Muhib raisligida Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston Hukumati Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, Prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamidulla Muhib, Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy, BMT Bosh kotibining Maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) rahbari Tadamichi Yamamoto va sobiq Prezident Hamid Karzay bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiy bloki vazirlik va idoralari rahbar va vakillarining alohida uchrashuvlari o‘tkazilib, ularda hamkorlik hajmlarini yanada oshirish, o‘zaro savdoga yangicha shiddat berish, yirik qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, Mozori-Sharif–Hirot va Mozori-Sharif–Kobul–Peshovor temir yo‘l magistrallarini, Surxon–Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini barpo etish bo‘yicha takliflarning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolandi.



Marta o`qilgan: 1835