×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:53:06 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - mart 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

2019-yilning 26-mart kuni O‘zbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarosi Maftuna Xolmatovaning ushbu shahar tumanlaridan birida majburan ushlab turilganligi to‘g‘risida ma’lumot olib mahalliy politsiya hokimiyatiga rasmiy murojaat qildi. Natijada hamyurtimizning joylashgan manzili aniqlandi hamda u bilan konsullik xodimlari uchrashdi.

Ushbu O‘zbekiston fuqarosining xabar berishicha, u 2018-yilning iyun oyida Namangan shahridagi nikoh agentligi vositasida XXR fuqarosi Yao Venxao bilan tanishadi hamda va’dalariga ishonib rasmiy nikohni qayd etgandan so‘ng Xitoyga turmush o‘rtog‘ining yoniga uchib ketadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetib borganidan buyon og‘ir ijtimoiy sharoitda yashagan, unga ovqat berishmagan, urishgan, tahqirlashgan hamda pasportini olib qo‘yishgan. U o‘ziga yetkazilgan aziyatlarga chidolmay bir necha marta qochishga uringan.

Politsiya bo‘limi boshlig‘i ham ishtirok etgan suhbatdan so‘ng O‘zbekiston fuqarosi Bosh konsulxonaga topshirilgan. 28-mart kuni Pekin shahri orqali uchgan aviareysda hamyurtimiz Toshkentga yetib keldi.

Boshqa mamlakatlarda fuqarolarimiz bilan sodir bo‘lgan bu kabi faktlar yagona emasligini inobatga olib, TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolariga uzoq muddatga xorijiy davlatga borganda O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik hisobida turishni hamda bu kabi va boshqa murakkab hayotiy vaziyatlarda ularga murojaat qilishni qat’iy tavsiya etadi. Bunday holatlarda milliy pasportni boshqa shaxslarga berish mumkin emas.



Marta o`qilgan: 1456