×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:53:38 (GMT +5), shanba, 20 - iyul 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - mart 2019

Pokiston Prezidenti O‘zbekiston Elchisini qabul qildi

2019-yilning 4-mart kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Arif Alvi “Ayvani-Sadr” qasrida O‘zbekiston Elchisi Furqat Sidiqovni qabul qildi.

Pokiston rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligi ostida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hamda mamlakatdagi huquqiy va institutsional o‘zgarishlarni yuqori baholadi.

Prezident O‘zbekiston rahbariyatining mintaqada yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tashqi siyosiy tashabbuslarini, ayniqsa uning Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakatlarini Pokiston tomoni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini e’tirof etdi. Pokiston shuningdek mamlakatimizning xavfsizlik xalqaro terrorizmga qarshi kurashish masalalari, mintaqaviy mushtaraklikni rivojlantirish, transport infratuzilmalari va energetik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha mavqeyiga sherik bo‘lishini va ularni qo‘llab-quvvatlashini ham tasdiqladi.

Pokiston yetakchisi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasining dinamik o‘sayotganligini mamnuniyat bilan qayd etib, 2018-yilda O‘zbekiston o‘zi rahbarlik qilayotgan davlatining Markaziy Osiyodagi yetakchi iqtisodiy sherigiga aylanganiga e’tiborni qaratdi. O‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirishga tomonlarda qiziqish borligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Ikki mamlakat hududlari, ayniqsa buyuk Boburiylarning tarixiy me’rosi bir-biriga bog‘lab turuvchi Panjob provinsiyasi va Namangan viloyati o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga alohida qiziqish bildirildi.

“Boy tarixga ega O‘zbekiston buyuk islomiy mutafakkirlarning vatanidir. Shu sabab mening vatandoshlarim qalbida mamlakatingizga nisbatan o‘zgacha hurmat va qiziqish bor”, - deya ta’kidladi Pokiston Prezidenti.

Bir vaqtning o‘zida Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Fan va texnologiyalar bo‘yicha qo‘mitasiga raisilik qilayotgan Prezident Arif Alvi mazkur Qo‘mitaning O‘zbekiston bilan faol va samarali hamkorlik qilishga, avvalo 2020-yilda Toshkent shahrida Fan va texnologiyalar bo‘yicha Ikkinchi IHT sammitini o‘tkazish doirasida birgalikda ishlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Uchrashuv yakunida Pokiston Prezidenti O‘zbekiston Prezidentiga o‘zining samimiy hurmatini yetkazib qo‘yishni so‘radi va mamlakatimiz rahbariga keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishida muvaffaqiyat tiladi.



Marta o`qilgan: 943