×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:00:54 (GMT +5), juma, 19 - iyul 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - mart 2019

O‘zbekiston va Turkmaniston Ishbilarmonlar kengashining birinchi majlisiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

2019-yilning 6-mart kuni Turkmaniston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Elchisi Akmaljon Qo‘chqorov Palata raisi Orazmirat Gurbannazarov bilan uchrashdi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy sohadagi O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida o‘rnatilgan iliq va ishonchli muloqot ikki tomonlama hamkorlikni turli sohalarda kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi ta’kidlandi.

Hamkorlikning yangi platformasi bo‘luvchi O‘zbekiston-Turkmaniston Ishbilarmonlar kengashining tashkil etilishi buning yorqin tasdig‘idir. Ushbu kengash to‘g‘risidagi bitim 2018-yil 23-aprel kuni oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar yakuniga ko‘ra imzolangan edi.

Ta’kidlanganidek, yangi shakl doirasidagi faoliyat ikki mamlakat ishbilarmon uyushmalari o‘rtasida samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma konferensiyalar va ko‘rgazmalar tashkil etish, shuningdek, o‘zaro savdoni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra Ishbilarmonlar kengashi birinchi majlisining kun tartibi va boshqa mazmuniy jihatlari muvofiqlashtirildi va tadbirni o‘tkazish muddati va joyini qisqa fursatda aniqlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.



Marta o`qilgan: 837