×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:30:05 (GMT +5), yakshanba, 8 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - mart 2019

“Tolibon” harakati rahbariyati bilan uchrashuv to‘g‘risida

Doha shahrida (Qatar) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund bilan amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev ham ishtirok etdi.

Mulla Barodar Axund O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashishga qaratilgan siyosatini yuqori baholadi. U o‘tgan yilning mart oyida o‘tkazilgan hamda afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarning faollashishiga kuchli turtki bergan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi ahamiyati va yakunlarini ham alohida ta’kidladi.

Bundan tashqari “Tolibon” harakati rahbariyati vakili transport, energetika va ta’lim sohalaridagi muhim iqtisodiy loyihalarni Afg‘onistonda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslarini ijobiy baholadi. Uning alohida qayd etishicha, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda to‘la qonli siyosiy jarayon boshlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Natijada Afg‘oniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida “ishonch va hamkorlik ko‘prigi” bo‘lishi mumkin.

Mulla Barodar Afg‘onistonda tinchlik jarayonini yanada taraqqiy ettirish borasida O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.



Marta o`qilgan: 2093