×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:43:29 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - mart 2019

USIM O‘zbekiston ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 4-mart kuni Malayziya Islom ilmiy universiteti (USIM) rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1998-yilda asos solingan davlat oliy ta’lim muassasasi USIMda 32 yo‘nalishda ta’lim beriladi. Bugungi kunda u yerda 15 ming atrofida talaba tahsil oladi.

Uchrashuv chog‘ida USIM va mamlakatimiz ta’lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi hamda bu kabi hamkorlikning samaradorligi alohida ta’kidlandi. So‘nggi yarim yil ichida USIM bilan Urganch davlat universiteti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘rtasida tadqiqotlarni birgalikda o‘tkazish sohasida, mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, studentlarni almashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi sherikchilik bitimlari imzolandi. Malayziya universiteti O‘zbekiston Milliy universiteti va Buxoro davlat universiteti bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Natijada joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasida va Urganch davlat universitetida Islom ilmiy universiteti yetakchi professorlarining islom huquqi va bankingi, turizm, menejment, AKT va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha leksiyalari tashkil etildi.

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va “visiting professors” shaklidagi amaliyotni davom ettirish maqsadida universitetning injeneriya va qurilish fakulteti dekanini Toshkent arxitektura-qurilish institutida mustahkam arxitektura mavzusida leksiyalar kursini o‘tkazishi uchun 2019-yil 27-martdan 11-aprelgacha O‘zbekistonga yuborish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.



Marta o`qilgan: 1217