×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:19:25 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


22 - fevral 2019

O‘zbekiston Elchisi Chexiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2019-yilning 21-fevral kuni Praga shahrida O‘zbekiston Respublikasining Chexiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nabijon Kasimov (qarorgohi Berlin shahrida) Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zemanga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Chexiya rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni, davlatimiz rahbariyatining mamlakat ichi va xalqaro maydonda olib borayotgan ochiqlik siyosatini qo‘llab-quvvatladi.

Chexiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yaqin qo‘shnichilik munosabatlari va hamkorlikni mustahkamlash hamda ushbu jarayonga qo‘shni Afg‘onistonni jalb qilishdagi rolini alohida qayd etar ekan, bu esa mintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilishiga ta’kidladi.

Prezident Milosh Zeman Chexiya tomonining O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdorligi, shuningdek, mamlakatimizda islohotlar jarayoniga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etdi.

Chexiya Prezidenti O‘zbekiston tomonining ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda boshqa sohalarda ham hamkorlikni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy diplomatiyani faollashtirishga bo‘lgan harakatini qo‘llab-quvvatladi.



Marta o`qilgan: 1696