×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:34:51 (GMT +5), shanba, 14 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


16 - fevral 2019

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri bilan uchrashuv

2019-yilning 15-fevral kuni Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferentsiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Mudofaa vaziri Gevin Aleksandr Uilyamson bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya aloqalari holati va kengaytirish istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, hozirgi xatar va xavfsizlikka tahdidlar bilan kurashish masalalari muhokama qilindi.

G.Uilyamson harbiy sohadagi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligi darajasini ijobiy baholar ekan, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining ushbu sohada aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Britaniya tomoni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi islohotlar jarayoniga, jumladan, Qurolli kuchlarni takomillashtirish va harbiy xizmatchilar malakasini oshirishga yordam ko‘rsatishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Britan vaziri rasmiy London tomonidan 2018-yil mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferentsiyasining natijalarini qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi. Ushbu tadbirda xalqaro hamjamiyatda Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlashga yordam berish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikrga erishilgan edi.

Bundan tashqari, G.Uilyamson Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya maslahatlashuvlarini ikki tomonlama munosabatlarning muhim mexanizmi deb atadi va Buyuk Britaniyaning ushbu yo‘nalishda yanada yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Afg‘onistonda ilgari surgan yirik ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalari tashabbuslarini Britaniya tomoni qo‘llab-quvvatlashi yuzasidan ham fikr almashildi.



Marta o`qilgan: 1416