×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:48:17 (GMT +5), chorshanba, 23 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


15 - fevral 2019

Afg‘oniston Prezidenti bilan uchrashuv

Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilning 14-fevral kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida Vazir Afg‘oniston Prezidenti va u orqali butun afg‘on xalqiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy hurmati va tinchlik va farovonlik izhor etilgan eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik siyosiy muloqotlarini boshlash doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni mazkur muloqot afg‘onlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirishi muhimligini ta’kidlaydi.

Prezident Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekiston Prezidenti va birodar o‘zbek xalqiga mamlakatidagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashish, uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi borasidagi izchil va qat’iy sa’y-harakatlar uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Suhbatda O‘zbekiston – Afg‘oniston kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi. Avvalo, O‘zbekiston bilan birgalikda transafg‘on tranzit korridorlarini tashkil etish va mintaqadagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan yirik transport, energetika va boshqa loyihalarni amalga oshirish istiqbollari to‘g‘risida so‘z bordi.



Marta o`qilgan: 1128