×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:35:31 (GMT +5), shanba, 23 - mart 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - fevral 2019

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarning birinchi raundi to‘g‘risida

2019-yilning 4-7-fevral kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlarning nufuzli delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Yevropa tashqi faoliyat xizmatining boshqaruvchi direktori o‘rinbosari Luk Devin boshchilik qildilar.

Bitim loyihasi tuzilmasi bo‘yicha bir xil tushunchaga kelindi va uchta guruhga bo‘linib, hujjat loyihasining barcha bo‘limlari batafsil va konstruktiv ravishda muhokama qilindi va mumkin bo‘lgan o‘zaro maqbul qoidalar belgilandi.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Bitim loyihasining savdo qismi bo‘yicha ekspertlar uchrashuvlari O‘zbekistonning tegishli vazirliklari vakillari ishtirokida haftaning oxiriga qadar davom etadi.

KShHB bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundini Brussel shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.

Yevropa delegatsiyasining Toshkent shahrida bo‘lishi chog‘ida “Bosh preferensiyalar tizimi plus” (“BPT+”) maqomini olishga O‘zbekiston talabnomasini tayyorlash bo‘yicha maslahatlashuvlar, “BPT+” maqomoni olishning ustunliklari bilan tanishtirish maqsadida mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillari uchun brifing ham bo‘lib o‘tdi.



Marta o`qilgan: 486