×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
19:36:49 (GMT +5), chorshanba, 20 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - fevral 2019

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasidagi uchrashuv to‘g‘risida

2019-yilning 5-fevral kuni O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasida (Rossiya) mamlakatimiz fuqarosi Olamafruz Abdullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan hamyurtimiz o‘tgan yilning 31-dekabri sahar mahalida Magnitogorsk shahridagi turar-joy binosi portlashidan keyin yordamga shoshilgan birinchi insonlardan biri bo‘lib, qutqaruvchilar kelgunga qadar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bino qoldiqlari orasidan sakkiz kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Uning beg‘araz va qahramonona harakati Rossiya matbuoti tomonidan keng yoritildi va vatandoshimiz jasorati va o‘zgalar qayg‘usiga befarq emasligi ta’kidlandi.

Bosh konsulxonadagi uchrashuvga Rossiyada vaqtinchalik bo‘lib turgan hamyurtlarimiz, jumladan, oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek, Sverdlovsk viloyatidagi o‘zbek diasporasi rahbari Zokir Allabergenov ham taklif etildi.

Uchrashuv yakunida Olamafruz Abdullayevga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomidan qimmatbaho sovg‘a va mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi faxriy yorlig‘i topshirildi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan uning 7-fevralda uchib ketishi uchun Yekaterinburg-Toshkent reysiga bepul bilet ajratildi.



Marta o`qilgan: 2034