×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:14:49 (GMT +5), payshanba, 21 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


5 - fevral 2019

Bo‘lajak RECCA VIII vazirlar uchrashuviga bag‘ishlangan muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish to‘g‘risida

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilning 3-fevral kuni Kobul shahrida 20 dan ortiq davlatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari hamda qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirokida Afg‘oniston yuzasidan iqtisodiy hamkorlik qilish bo‘yicha Mintaqaviy konferensiyaning (RECCA) birinchi muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy nutq so‘zlab, O‘zbekistonning Afg‘oniston yo‘nalishidagi tashabbuslariga yuqori baho berdi, ularning RECCA doirasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlariga to‘liq mos kelishini va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Afg‘oniston TIV rahbari O‘zbekiston Hukumati taklifiga binoan RECCA VIII vazirlar konferensiyasi 2019-yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida o‘tkazilishini e’lon qildi.

2019-yil 12-yanvar kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining Afg‘oniston ishtirokidagi birinchi vazirlar yig‘ilishi haqida so‘zlay turib, Vazir “Afg‘oniston hamma narsadan ham ko‘proq barqarorlikka muhtoj. Samarqanddagi uchrashuv esa mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilish uchun muhim platforma vazifasini o‘tadi”, – deya qayd etdi.

O‘zining yig‘lishdagi chiqishida O‘zbekiston Elchisi Yodgorxoja Shadmanov Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning umummintaqaviy jarayonlarga qo‘shilishiga har tomonlama ko‘maklashish borasidagi mamlakatimizning sa’y-harakatlari haqida hamda Afg‘oniston tomoni bilan birgalikda “Mozori-Sharif – Hirot” temir yo‘l liniyasini, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini barpo etish kabi yirik infrastruktura loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Yig‘ilish doirasida Afg‘oniston poytaxtida joylashgan RECCA tadqiqot va tahlil markazining rasmiy ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish qatnashchilari Toshkent shahrida bo‘ladigan konferensiyaning yuqori darajada o‘tishiga umid bildirishdi.



Marta o`qilgan: 1630