×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:08:38 (GMT +5), payshanba, 12 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


5 - fevral 2019

BMT Bosh kotibining Afg‘onistondagi Maxsus vakili bilan uchrashuv

2019-yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan BMT Bosh kotibining Maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) rahbari Tadamichi Yamamotoni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan UNAMA o‘rtasidagi hamkorlikning, jumladan Afg‘onistonda xavfsizlik va mustahkam rivojlanishni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish sohalaridagi munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.

Tadamichi Yamamoto BMT va uning institutlari, xususan UNAMA, Afg‘onistonda tinchlik jarayonini boshlash va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi, infrastruktura loyihalarini amalga oshirish hamda uni mintaqaviy hamkorlikka jalb qilishga oid sa’y-harakatlari borasida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida O‘zbekiston olib borayotgan izchil siyosatni ma’qullashini va qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

TIV rahbari O‘zbekiston tomonining tinchlik jarayonining har qanday bosqichida mamlakat hududida Afg‘oniston Hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi. Xalqaro terrorizm, uyushgan transmilliy jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy savdosidan kelib chiqayotgan jiddiy tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi kurashish uchun hamkorlikni mustahkamlashdan tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi tasdiqlandi.

Suhbatda BMT Rezident-koordinatori, Taraqqiyot dasturining Doimiy vakili Helena Freyzer ishtirok etdi.


Zafar Yuldashkulov olgan surat



Marta o`qilgan: 1865