×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:10:25 (GMT +5), seshanba, 22 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


22 - yanvar 2019

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining AQShga tashrifi to‘g‘risida

2019-yilning 4-6-fevral kunlari O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboyeva va mehnat munosabatlari va bandlik vaziri Sherzod Qudbiyev tarkibidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan AQShda bo‘ladi.

O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra mamlakatimizning majburiy mehnatga barham berish masalalariga mas’ul hukumat vakillari Vashington shahrida “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasining yillik yig‘ilishida ishtirok etadi.

“Cotton Campaign” tashkiloti tarkibiga mehnat va huquqni himoya qiluvchi nohukumat tashkilotlari, paxta yetishtirishda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham beradigan ishbilarmon va investitsion kompaniyalar kiradi.

Tashrif dasturidan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, AQSh ishlab chiqaruvchilar yirik birlashmalari, riteylorlar va kasaba uyushmalari tashkilotlari, Amerika kiyim va oyoq kiyimi assotsiatsiyasi, AQSh moda sanoati assotsiatsiyasi, Amerika mehnat federatsiyasi, Sanoat tashkilotlari kongressi va boshqalar, Nike, Zara, GAP, Levi’s, H&M, UNIQLO kabi yetakchi chet el berendlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Elchixonasi xabariga ko‘ra, hukumat delegatsiyasi Oq uy, Davlat departamenti, Mehnat vazirligi, AQSh savdo vakili ofisi va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi.



Marta o`qilgan: 2054