O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
16 - yanvar 2019

Xitoy Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida 2019-yil uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston – Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Elchi joriy yil aprel oyida Pekin shahrida o‘tkaziladigan “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Prezidenti nomiga yo‘llangan Xitoy tomonining rasmiy taklifnomasini topshirdi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida oliy darajadagi O‘zbekiston – Xitoy uchrashuvini o‘tkazishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.


Zafar Yuldashkulov olgan surat



Marta o`qilgan: 2231