×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
09:27:54 (GMT +5), chorshanba, 26 - iyun 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - yanvar 2019

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun bugun kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida tashqi siyosat idoralari rahbarlari ta’kidlaganidek, ikki mamlakat rahbarlarining mustahkam siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligi yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv ruhida jadal va samarali rivojlanmoqda.

Turkmaniston Prezidentining 2018-yil 23-24-aprel kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Vazirlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish istiqbollari to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, tovar aylanmasining jadal o‘sib borayotganini ta’kidladilar. Savdo hajmi o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida 2017-yilning shu davriga nisbatan 53 foizga oshdi.

Uchrashuvda ikki davlat bozorlarida tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘zaro qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlararo hamkorlikni faollashtirish, mintaqada tranzit va transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, turizmni rivojlantirish, O‘zbekiston va Turkmanistonda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish orqali madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlar Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bo‘lajak maslahatlashuv uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.

Uchrashuvda Turkmaniston Elchisi Yazguly Mammedov ishtirok etdi.


Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 1383