×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:20:40 (GMT +5), shanba, 20 - aprel 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - yanvar 2019

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston ishtirokidi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi.

Mehmonni qutlar ekan, Abdulaziz Kamilov Beybut Atamqulovni yuqori va mas’uliyatli Qozog‘iston TIV rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida vazirlar tomonidan qayd etilganidek,O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining Ostona, Samarqand va Sariagashda, xalqaro tashkilotlar tadbirlari chog‘ida o‘tkazilgan uchrashuvlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlariga yangi jo‘shqinlik berdi. 2018-yilda o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlislari, birinchi hududlararo hamkorlik forumi va boshqa muhim qo‘shma tadbirlar ikki tomonlama hamkorlikni amaliy jihatdan mustahkamlashga imkon berdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalarida aloqalarni mustahkamlash uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Xususan, o‘tgan yilning 11 oyi mobaynida o‘zaro savdo hajmi 38 foizga oshib, 2,6 milliard AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil etgani bundan dalolat beradi. Hududlararo munosabatlar, ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatish sohasida foydalanilmagan salmoqli imkoniyatlar mavjud.

Muzokarada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish va unda Qozog‘iston delegatsiyasi ishtirokiga doir masalalar muhim o‘rin egalladi.

Shuningdek, tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash, turizm va madaniy-gumanitar sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari bilan bog‘liq ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.

Vazirlar “Qozog‘istonda O‘zbekiston yili”ning muvaffaqiyatli yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar va 2019-yili “O‘zbekistonda Qozog‘iston yili”ni o‘tkazishga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashdilar.


Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 1046