×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:09:32 (GMT +5), seshanba, 20 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


11 - yanvar 2019

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-yilning 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga kecha kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida mamnuniyat bilan qayd etilganidek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida turli darajalarda, avvalo davlat rahbarlari o‘rtasida muntazam hamkorlikni o‘rnatilgani tufayli ikki tomonlama munosabatlarda misli ko‘rilmagan do‘stona muhit yaratildi, bu esa to‘planib qolgan muammolarni izchil hal etish va hamkorlikning yangi bosqichiga ko‘tarishga imkon berdi.

Vazirlar tomonidan asosiy e’tibor siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki mamlakat aloqalarini 2019-yilda va istiqbolda yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlarga qaratildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli asosda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklari tasdiqlandi. Qayd etilganidek, 2018-yilning 11 oyi davomida o‘zaro savdo hajmi 2017-yilning ushbu davriga nisbatan 55 foizga oshib, 363 million dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistonning chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston Hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashi majlislarini ikki davlat Bosh vazirlari rahbarligida muntazam ravishda o‘tkazilishi ikki tomonlama munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, 12-13-yanvar kunlari Samarqand shahrida Afg‘oniston ishtirokida bo‘lib o‘tadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi uchrashuvi kun tartibiga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu shakldagi forum turli yo‘nalishlardagi mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish imkonini berishiga ishonch bildirildi.

Muzokaralar yakunida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ikki tomonlama va Markaziy Osiyo shaklidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Uchrashuvda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Elchisi Ibragim Junusov ishtirok etdi.


Anvar Ilyosov olgan surat



Marta o`qilgan: 1547