O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
2 - yanvar 2019

ShHT MATT Ijroqo‘mi yangi direktori ish boshladi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining qaroriga binoan 2019-yil 1-yanvardan boshlab Tojikiston Respublikasi vakili Jumaxon G‘iyosov Toshkent shahrida joylashgan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori hisoblanadi.

2017-2018-yillarda u ShHT MATT Ijroqo‘mi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, undan ham avvalroq Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida va Diniy ishlar qo‘mitasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2016-2018-yillarda Rossiya Federatsiyasi vakili Yevgeniy Sisoyev ShHT MATT Ijroqo‘mi direktori bo‘lgan.



Marta o`qilgan: 1340