×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:12:36 (GMT +5), shanba, 24 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - noyabr 2018

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda badiiy film va teleserial tasvirga olishni mo‘ljallamoqda

“Aquila Emas Sdn Bhd” Malayziya mediya kompaniyasi vakillari o‘zlarining O‘zbekistonga amalga oshirgan 10 kunlik tashrifi yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik sheriklari bilan Hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzoladilar.

Kinematografchilar delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifini tashkillashtirgan O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra filmlarni tasvirga olish ishlari 2019-yilning boshiga belgilangan.

Bo‘lib o‘tgan tashrif chog‘ida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekfilm” AJ, boshqa tuzilmalar, shuningdek Xorazm va Buxoro viloyati hokimiyatlari, jumladan mazkur viloyatlarning yetakchi mahalliy telekanallari rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida birgalikda badiiy film tasvirga olish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Suratga olish ishlari Xorazm va Buxoro viloyatlarining manftunkor cho‘l va tog‘ manzaralari, qadimiy shaharlari va takrorlanmas me’morchilik obidalarida olib boriladi. Shuningdek, O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi to‘g‘risida 6 seriyali turistik televizion dasturni yaratish ham rejalashtirilgan.

Badiiy film va turistik teleserial Malayziyaning yetakchi telekanallaridan biri TV2 da praym-taym vaqtida efirga uzatiladi. 10 mln. kishidan ortiq auditoriyaga ega ushbu kanalni nafaqat Malayziya, balki Singapur va Bruney hududida ham tomosha qiladilar.



Marta o`qilgan: 2012