×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:49:41 (GMT +5), chorshanba, 14 - noyabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - noyabr 2018

O‘zbekiston delegatsiyasining Brussel shahriga tashrifi to‘g‘risida

2018-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Brussel shahrida Yevropa parlamentida bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston uchun birgalikdagi qarashlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Konferensiya ishida Yevroparlament deputatlari, Yevrokomissiya, OAV va YI, Belgiya, boshqa xalqaro tashkilotlar huzurida akkreditatsiya qilingan diplomatik missiyalarning vakillari qatnashdilar.

Forum qatnashchilari xavfsizlik, tinchlik va davlat qurilishi, Afg‘onistonning rivojlanishiga xalqaro ko‘mak, qayta tiklanish va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Yevropa parlamenti deputati, Afg‘oniston bilan aloqalar delegatsiyasi raisi Petras Aushtrevichyus kirish nutqi so‘zladi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida 2018-yilning 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yuqori darajali xalqaro konferensiya yakunlariga hamda konsensus asosida qabul maxsus Deklaratsiyaga alohida urg‘u berdi. O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni izchil mustahkamlayotgani, mazkur mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan qator infrastruktura loyihalarini faol amalga oshirayotgani ta’kidlandi.

Ismatulla Irgashev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘onistonda tinchlik jarayonini boshlashga hamda tinch Afg‘oniston uchun kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish borasidagi tashabbuslariga alohida e’tibor qaratdi.



Marta o`qilgan: 213