×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:13:54 (GMT +5), shanba, 17 - noyabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - noyabr 2018

Gollandiya kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishmoqda

2018-yilning 7-9-noyabr kunlari Niderlandiyaning taniqli “Lely” va “TCT-Agro” firmalari nufuzli delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Ular Toshkentdagi “Agro Expo Uzbekistan/Agrotech Expo” qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etishmoqda.

8-noyabr kuni delegatsiya O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Savdo-sanoat palatasida muzokaralar o‘tkazyapti, 9-noyabr kuni esa Namangan viloyatiga borishadi.

O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks davlatlaridagi Elchixonasi xabar berishicha, mazkur kompaniyalar O‘zbekiston bozoriga kirishni va ishonchli hamkorga aylanishni rejalashtirmoqda.

“Lely” kompaniyasi uzoq yillar davomida rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘zining ilg‘or tajribasi va texnologiyasini muvaffaqiyatli joriy etib kelmoqda va shu yo‘l orqali yangi ish o‘rinlari yaratmoqda. O‘zbekistonga tashrif arafasida kompaniya Qishloq xo‘jaligida Gollandiya texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish borasidagi rejalarini e’lon qildi.

To‘laligicha ishlab chiqarish O‘zbekiston hududida mahalliylashtiriladigan qishloq xo‘jaligi klasterini tashkil qilishni ko‘zda tutuvchi mazkur markaz loyihasining taxnimiy qiymati 10 mln yevroga teng. Yerga ishlov berish, chorvachilikni rivojlantirish, tayyor sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash borasidagi Gollandiyaning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek ta’lim komponenti ham ko‘zda tutilmoqda va bunda Vageningen universiteti olimlari o‘zbek fermerlariga zamonaviy Gollandiya texnologiyalarini o‘rgatishadi.

O‘zining tuproq ostini suyuq organik o‘g‘itlovchi texnologiyalari bilan mashhur boshqa bir Niderlaniya kompaniyasi – “TCT-Agro” bilan hamkorlik aloqalari bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Hozirda O‘zbekiston Elchixonasi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi kompleksida kerakli bo‘luvchi aniq segmentlarni belgilab olish borasda mazkur kompaniya bilan muzokaralar olib bormoqda.



Marta o`qilgan: 390