×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:04:27 (GMT +5), chorshanba, 14 - noyabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - noyabr 2018

O‘zbekistonda ilk bor Naqshbandiya turistik festivali bo‘lib o‘tadi

Mamlakatimizning Malayziyadagi Elchixonasi ko‘magida 2018-yilning 7-12-noyabr kunlari O‘zbekistonda “Naqshbandiya turistik festivali” bo‘lib o‘tadi. Tadbir Malayziyaning “World Sufi Center” Jahon sufiylar markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Shakl va miqyosi bo‘yicha shu kunga qadar o‘xshashi bo‘lmagan festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad buyuk o‘zbek mutafakkirlarining Islom va dunyo tamadduni taraqqiy topishiga qo‘shgan xizmatlari uchun hurmat bajo keltirish, shuningdek muqaddas qadamjolarga tashrif buyurish, diniy marosimlarda ishtirok etish va O‘zbekistonning boshqa “Ziyorat-turizm” obyektlari bilan tanishish hisoblanadi.

Jahon sufiylari markazi tadbir to‘g‘risida tarqatma risolalarni va reklama roligini tayyorladi, shuningdek O‘zbekistondagi sayyohlik kompaniyasi bilan birgalikda Malayziya va boshqa davlatlarning sayyohlik bozorida sotish uchun turistik paketlarni ishlab chiqdi.

Tadbirda butun dunyodan, xususan Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, AQSh, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa davlatlardan Naqshbandiya sufiylik tariqatining 150 dan ortiq namoyondasi, shu jumladan 10 dan ortiq mashhur ulamolarning ishtirok etishi kutilmoqda.



Marta o`qilgan: 311