×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
06:19:35 (GMT +5), dushanba, 22 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - oktabr 2018

Oʻzbekiston Prezidenti MDH davlatlari mudofaa idoralari rahbarlari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 12-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan MDHga aʼzo davlatlar mudofaa idoralari rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda Ozarbayjon mudofaa vaziri Z.Gasanov, Armaniston mudofaa vaziri D.Tonoyan, Belarus mudofaa vaziri A.Ravkov, Qozogʻiston mudofaa vaziri Ye.Еrmekbayev, Rossiya mudofaa vaziri S.Shoygu, Tojikiston mudofaa vaziri Sh.Mirzo, Qirgʻiziston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi R.Duyshenbiyev va MDH Mudofaa vazirlari kengashi kotibi Yu.Dashkin ishtirok etdi.

Prezidentimiz delegatsiyalar rahbarlarini qutlar ekan, MDH Mudofaa vazirlari kengashining majlisi ilk bor Toshkentda oʻtkazilayotgani mamlakatimizning Hamdoʻstlik faoliyatidagi ishtiroki yangi bosqichga koʻtarilganidan dalolat ekanini taʼkidladi.

Oʻtgan yilda Oʻzbekiston Hamdoʻstlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarda hamkorlik boʻyicha 10 dan ortiq tarmoq organlariga qoʻshildi.

Uchrashuvda MDH doirasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni, shu jumladan, idoralararo sheriklikni yanada kengaytirish, ikki va koʻp tomonlama tadbirlar oʻtkazish, harbiy kadrlarni professional tayyorlash masalalari koʻrib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning, jumladan, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

MDH mamlakatlari mudofaa idoralari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, oʻz davlat rahbarlarining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Oʻzbekistonda Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga, shuningdek, mamlakatimizning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga doir tashabbuslariga yuksak baho berildi.

Mudofaa idoralari oʻrtasida tomonlarni qiziqtirayotgan masalalar boʻyicha konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari MDH Mudofaa vazirlari kengashi majlisi ishiga muvaffaqiyat va samarali natijalar tiladi.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 198