×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:21:32 (GMT +5), payshanba, 13 - dekabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


9 - oktabr 2018

Oʻzbekiston – Fransiya munosabatlarida yangi davr boshlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 2018-yil 8-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Orli” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Fransiya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parij shahridagi YUNЕSKO bosh qarorgohida ushbu tashkilot Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

Prezidentimiz Fransiya Respublikasiga tashrif YUNЕSKOda uchrashuvdan boshlanganida chuqur ramziy maʼno borligini, Oʻzbekistonning ushbu tashkilot bilan hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Odri Azule davlatimiz rahbarini tashrif bilan samimiy qutlab, Oʻzbekiston bilan hamkorlik rivojida ushbu uchrashuv gʻoyat muhimligini qayd etdi.

Mamlakatimiz YUNЕSKO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan. Tomonlar Oʻzbekistonning boy maʼnaviy merosini tiklash va chuqur oʻrganish borasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda, madaniyat, taʼlim, fan va boshqa sohalarda turli loyihalarni birgalikda amalga oshirmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi tarixiy-madaniy obyektlar YUNЕSKOning Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan. Buxoro shahri tashkilotning “Tinchlik tarafdori boʻlgan shaharlar” sovrini bilan taqdirlangan.

Xivadagi “Ichan qalʼa” majmuasi, Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, Chotqol biosferasi YUNЕSKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Boysun madaniy merosi, Navroʻz, Shashmaqom, Katta ashula, askiya, osh, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari tashkilotning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatidan joy olgan. Usmon Qurʼoni va Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar toʻplami YUNЕSKOning “Jahon xotirasi” roʻyxatiga kiritilgan.

Oʻzbekistonning YUNЕSKO bilan hamkorligi oʻzbek mumtoz musiqiy merosini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirishga ham xizmat qilmoqda. Xususan, YUNЕSKO shafeligida Samarqand shahrida har ikki yilda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali oʻtkazib kelinayotgan boʻlsa, joriy yil sentyabr oyida Shahrisabzda ilk bor Xalqaro maqom sanʼati anjumani tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining yaqinda qabul qilingan qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining YUNЕSKO huzuridagi doimiy vakolatxonasi taʼsis etildi.

Taʼlim sohasida ham istiqbolli hamkorlik oʻrnatilgan. Oʻzbekiston “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida jismoniy va maʼnaviy barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan siyosatni amalga oshirmoqda.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yil sentyabr oyida BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi va Bosh Assambleyaning “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” nomli maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

YUNЕSKO Bosh direktori Oʻzbekiston Prezidentining ushbu tashkilot shafeligida tinchlik va bagʻrikenglik madaniyatini shakllantirish, ekstremizmning oldini olish maqsadida Samarqand shahrida Mirzo Ulugʻbek nomidagi xalqaro institut tashkil etish, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzurida Taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mintaqaviy markaz hamda Samarqand “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida YUNЕSKO kafedrasini tuzish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi.

Oʻzbekistonda Markaziy Osiyo yosh olimlari mintaqaviy forumini hamda 2019-yilda Toshkentda “Axborot texnologiyalari madaniy merosni asrash xizmatida” mavzuida Osiyo forumini oʻtkazish borasida kelishuvga erishildi.

Bosh direktor Odri Azule Oʻzbekistonning butun insoniyat boyligi boʻlgan madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylash borasidagi siyosatini yuksak baholadi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan YUNЕSKO oʻrtasidagi 2018-2021 yillarga moʻljallangan qoʻshma Harakatlar rejasi qabul qilindi. Bu hujjat munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish, tomonlar oldida turgan vazifalarni birgalikda innovatsiyalar orqali hal etish va barcha yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev YUNЕSKOning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Senati Raisi Jerar Larshe bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Senat Raisini Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 60 yilligi bilan tabrikladi. Ushbu sana munosabati bilan yurtimizda oʻzbek va fransuz tillarida chop etilgan Fransiya Konstitutsiyasining ilk nusxasini sovgʻa qildi.

Mamlakatlarimiz parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik, ayniqsa, ulardagi doʻstlik guruhlari tufayli ancha faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzbekiston bilan Fransiya oʻrtasidagi aloqalar parlamentlararo munosabatlar sohasida ham jadal rivojlanmoqda. 2008 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida parlamentlararo hamkorlik guruhi tuzilgan, 2010-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Oʻzbekiston – Fransiya” doʻstlik guruhi faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, 2008 yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) va Fransiya inson huquqlari himoyachisi oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolangan.

Fransiya bilan keng koʻlamli munosabatlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama amaliy aloqalarni qamrab olgan. Mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari va hududlari oʻrtasidagi muloqotni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Parlamentlararo aloqalarni aniq yoʻnalishlar boʻyicha, jumladan, qoʻshma tadbirlar va oʻzaro tashriflarni muntazam tashkil etish, tajriba almashish orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasida turli sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Fransiya Senati Raisi mamlakatimizda iqtisodiyotni tubdan modernizatsiya qilish, aholi farovonligini yuksaltirish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohot va yangilanishlarni yuksak baholadi. Oʻzbekiston yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro manfaatli hamkorlik va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan konstruktiv mintaqaviy siyosat olib borayotganini alohida taʼkidladi.

Davlatimiz rahbarining Fransiyaga ilk rasmiy tashrifi uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan amaliy hamkorlik, jumladan, mamlakatlarimiz parlamentlari oʻrtasidagi aloqalarning yangi yoʻnalishlarini belgilab olishga xizmat qilishi qayd etildi.

Jerar Larshe Fransiya Senati Oʻzbekiston bilan doʻstlik rishtalari, har tomonlama samarali sheriklikni mustahkamlash yoʻlida parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish va ularga tizimli tus berishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari Fransiya Senati binosini koʻzdan kechirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda “Total”, “Total Eren”, “Orano”, “Fivs Shteyn”, “Ranjis Semmaris”, “Vinchi”, “Sues”, “Sad”, “Idemiya”, “Mersiye”, “Tales Aleniya Speys”, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Fransiya taraqqiyot agentligi kabi Yevropa va jahon bozorida yetakchi kompaniyalar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Oʻzbekstonda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, ular faoliyatini ragʻbatlantirish va himoya qilish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, biznesni rivojlantirish yoʻlidagi turli toʻsiqlarga barham berilgani, tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati sezilarli darajada qisqartirilgani taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investitsiyalar boʻyicha kengash tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani, uning vazifasi investorlar fikrini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston investitsiya muhitini izchil yaxshilab borish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat ekanini taʼkidlab, fransiyalik sarmoyadorlarni Kengash ishida faol ishtirok etishga taklif qildi.

Fransiyalik tadbirkorlar Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, valyuta tizimining liberallashtirilgani, viza olish tartibi soddalashtirilgani oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun qulay imkoniyatlar yaratganini taʼkidladi. Bunday qulaylik va yengilliklar Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qiziqishni kuchaytirdi. Davlatimiz rahbari tashrifi arafasida umumiy qiymati 5 milliard yevroga yaqin investitsiya loyihalari boʻyicha kelishuvlar imzolangani bundan dalolat beradi.

Oʻzbekiston va Fransiya moliyaviy tashkilotlari, firma va kompaniyalari oʻrtasidagi sheriklikni yanada rivojlantirish, oʻzaro tovar yetkazish va xizmat koʻrsatish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davom etmoqda.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 476