×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:34:01 (GMT +5), payshanba, 13 - dekabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - oktabr 2018

Germaniya Hukumatining Maxsus vakili bilan uchrashuv

2018-yilning 8-oktabr kuni TIVda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasi Hukumatining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha Maxsus vakili Markus Potsel bilan uchrashdi.

Muntazam O‘zbekiston-Germaniya siyosiy maslahatlashuvlari doirasida tomonlar Afg‘onistonda vujudga kelgan holat va mazkur davlatdagi tinchlik jarayoni istiqbollari borasida fikr almashdilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha nufuzli xalqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra 27 mart kuni qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining bandlari va takliflarini amalga oshirish borasidagi hamkorlik masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.

Suhbatda “Mozori-Sharif – Hirot” temir yo‘l magistralini, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini, turli uzunlikdagi avtomobil yo‘llarini va Afg‘onistondagi boshqa infrastruktura obyektlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish uchun moliyaviy manbalarni jalb qilish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ta’lim yo‘nalishidagi loyihalarda, jumladan Termezda tashkil etilgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamda Afg‘onistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash xalqaro fondi faoliyatida Germaniya tomonining ishtirok etishi muhimligi qayd etildi.



Marta o`qilgan: 1024