×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
06:33:19 (GMT +5), chorshanba, 24 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - oktabr 2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan chin dildan tabriklab, eng samimiy va ezgu tilaklarini bildirdi.

Muloqotda oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yuqori sur’atlar bilan ortmoqda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, jumladan, neft-gaz, energetika, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Tomonlar imzolangan hukumatlararo bitimga muvofiq atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida strategik loyihani amalga oshirishga kirishdi.

Hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar hamda ishbilarmon doiralar hamkorligi faollashdi. Shu oyda Toshkentda ikki mamlakat hududlari, yetakchi korxona va kompaniyalari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston-Rossiya birinchi hududlararo forumi bo‘lib o‘tadi.

Madaniy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan amaliy tadbirlar yuksak baholandi. Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari faollashgani ta’kidlandi. Yaqinda poytaxtimizda O‘zbekiston va Rossiya yetakchi universitetlarining rektorlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida birinchi qo‘shma ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbarlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot so‘ngida Prezidentlar O‘zbekiston bilan Rossiyaning uzoq muddatli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorligini har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 277