×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:24:13 (GMT +5), payshanba, 20 - sentabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - avgust 2018

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishchi guruhlarining Farg‘ona shahridagi uchrashuvi

2018-yilning 1-7-avgust kunlari Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ikki mamlakat Hukumati delegatsiyalari ishchi guruhlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida dala tekshiruvlarining yakunlari ko‘rib chiqildi va davlat chegarasinining qolgan uchastkalarini bayon qilish davom ettirildi.

Mazkur muzokaralar davomida O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyati bilan Qirg‘iziston Respublikasining Botken viloyati tutashgan hududidagi ikkita uchastka (Shohimardon va G‘aznov) bayon qilindi.

Muzokaralar yakunida Bayonnoma imzolandi. Unda O‘zbekistonning Farg‘ona va Namangan viloyatlari bilan Qirg‘izistonning Botken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlarda joylashgan ikki davlat chegarasining qolgan uchastkalarida dala tekshiruvlarini o‘tkazish sanalari ham kelishib olindi.

Uchrashuv do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va konstruktiv muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi.



Marta o`qilgan: 1073