×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:15:36 (GMT +5), chorshanba, 13 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - avgust 2018

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2018-yilning 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga bugun tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi.

TIVdagi uchrashuv chog‘ida tashqi siyosat idoralari rahbarlari umumiy kun tartibining asosiy masalalarini muhokama qildilar hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar borasida fikr almashdilar.

Suhbatda e’tirof etilganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 2018-yil 9-iyun kuni Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasidagi uchrashuvi yakunlari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarga yangi dinamika berish uchun ikki davlat yetakchilarida mustahkam siyosiy iroda mavjudligini yana bir bor isbotladi. Ikki tomonning ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turistik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada oshirish uchun mavjud bo‘lgan ulkan imkoniyatlarni amalga oshirish borasida birgalikda ishlashga tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Vazirlar O‘zbekiston rahbarining kuzda Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlarini ko‘rib chiqdilar.

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayoniga hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston va Hindiston hamkorligining istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda Hindiston Elchisi Vinod Kumar istirok etdi.


Anvar Ilyasov olgan surat



Marta o`qilgan: 2436