×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:01:32 (GMT +5), juma, 14 - dekabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


9 - iyul 2018

Afg‘oniston Prezidenti bilan uchrashuv

Afg‘oniston Islom Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi 2018-yil 8-iyul kuni “Arg” saroyida Prezident Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi.

Suhbat avvalida Vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston rahbariga iliq salom va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalo Afg‘oniston Prezidentining 2017-yil dekabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni tadbiq etish jarayoni muhokama qilindi. Shu o‘rinda yirik qo‘shma investitsiya, transport-kommunikatsiya, savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Termiz shahrida Afg‘oniston konsulxonasini ochishga O‘zbekiston roziligi tasdiqlandi.

Shuningdek, Afg‘oniston va chegaradosh mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

2018-yil mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etgan va batafsil nutq so‘zlagan Prezident Muhammad Ashraf G‘ani o‘z mamlakatida tinchlik jarayoniga ko‘maklashishga qaratilgan faol sa’y-harakat uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.



Marta o`qilgan: 1025