×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:28:20 (GMT +5), chorshanba, 12 - dekabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - iyul 2018

Ishchi guruhlarining Turkmanistondagi uchrashuvlari

2018-yilning 25-iyunidan 1-iyuliga qadar Turkmanistonda O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasining ayrim uchastkalarida birgalikdagi dala tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruhlari uchrashuvlari yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

2017-yildan buyon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki mamlakat ishchi guruhlarining muzokaralari qayta boshlandi va hozirgi vaqtga qadar joylarda chegara o‘tish chizig‘ini aniqlash maqsadida 9 ta uchrashuv o‘tkazilgan.

Muzokaralar do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olish ruhida o‘tmoqda. Bu esa Ashxabod va Toshkentdagi oliy darajadagi uchrashuvar davomida ikki mamlakat prezidentlari kelishuvlarining amaliy tadbig‘i hisoblanadi.



Marta o`qilgan: 1308