×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:16:09 (GMT +5), seshanba, 10 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - iyun 2018

Finlyandiya Elchisi bilan uchrashuv

2018-yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Finlyandiya Respublikasining mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Helsinki shahrida) Niklas Lindkvistni qabul qildi.

Suhbat davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shu o‘rinda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va kelishish imkonini beruvchi vazirliklararo muntazam maslahatlashuvlarni o‘tkazish tajribasini davom ettirishning amaliy ahamiyati ta’kidlandi.

Uchrashuvda uchinchi majlisi 2002-yilda bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya ishini qayta boshlash masalasi ham ko‘tarildi. O‘zbekiston va Finlyandiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga har taraflama ko‘mak berishga tomonlar tayyor ekanlidi ta’kidlandi. Ushbu aloqalar Finlyandiya investitsiyasi va yuqori texnologiyalarini jalb qilish orqali qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdoni kengaytirishga qaratilgan.

Madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda muntazam almashinuvlar amaliyotini davom ettirishga qiziqish bildirildi.

Suhbat yakunida Vazir Finlyandiya Elchisiga diplomatik vakolatxona rahbari sifatida O‘zbekistondagi besh yilga yaqin muvaffaqiyatli faoliyati uchun minnatdorlik izhor etdi.

Elchi Niklas Lindkvist diplomatik missiyasini samarali ijro etish uchun yaratilgan qulay sharoit uchun minnatdorlik bildirdi.


Shahriyor Turg'unboyev olgan surat



Marta o`qilgan: 2046