×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:34:25 (GMT +5), seshanba, 25 - sentabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


22 - iyun 2018

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 21-iyun kuni tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish natijalari tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018-yilning besh oyida 776 ta yangi qo‘shma va xorijiy korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko‘pdir. Shuningdek, joriy yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 377 ta hududiy va 148 ta tarmoq loyihalari bajarilishi belgilangan.

Davlatimiz rahbari loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini yengillashtirish dolzarb masala ekanini ta’kidladi.

Prezidentimizning joriy yil 20-iyunda qabul qilingan Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori shu maqsadga xizmat qiladi. Ushbu hujjatga muvofiq, bundan buyon Prezident va hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertiza qilishda to‘lov olinmaydi.

Shu bilan birga, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, hukumat kafolatlagan kreditlar hisobidan tovarlarni davlat uchun xarid qilish bo‘yicha tender hujjatlari va import shartnomalarini ekspertiza qilishda ham haq to‘lanmaydi. Dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarni kompleks ekspertiza qilish uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori 4 barobargacha qisqartirildi.

Yana bir e’tiborli jihati, xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan yoki bir bosqichli loyihalar bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy hisobot ishlab chiqish talabi bekor qilindi.

Prezidentimiz qarorda belgilangan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, investitsiya va infratuzilma loyihalari bo‘yicha hujjatlar tayyorlash, ekspertiza qilish hamda tasdiqlashning yangi, yanada soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Joriy yil uchun tasdiqlangan investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan, bajarilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan har bir loyihani jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi. Qishloq va shaharlarda arzon uy-joylar, ichimlik suvi tarmoqlari va boshqa ijtimoiy obyektlar qurishni moliyalashtirish hamda o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.

Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan 2 ming 44 ta ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Ularning aksariyatida qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilgan. Moliyalashtirish ishlari kechikayotgan obyektlarda ishlarni tezlashtirish zarurligi qayd qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda 16 obyekt bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish yakunlanmagani, 70 obyektning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilmagani, 248 loyihani amalga oshirish yuzasidan pudrat tashkilotlari aniqlanmagani tanqid qilindi.

Yig‘ilishda yana bir muhim masala – qishloq joylarda namunaviy arzon uy-joylar qurish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda jami 22 ming 145 ta namunaviy uy, jumladan, hududiy ijro organlari rahbarlari uchun 974 ta, profilaktika inspektorlari uchun 1 ming 171 ta xizmat uyini qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Prezidentimiz bu boradagi ishlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Shaharlarda arzon ko‘p qavatli turar joylar qurish ishlarini ham jadallashtirish lozimligi qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflar yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan 2018-2019 yillarda hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 317 ta loyihani amalga oshirish belgilangan. Buning natijasida jami 219 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bu loyihalar uchun joy ajratish, infratuzilma tarmoqlariga ulash ishlarini o‘z vaqtida hal qilish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz investitsiyalarni, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o‘zlashtirishni ta’minlash – barcha darajadagi rahbarlarning eng muhim vazifasi ekanini alohida ta’kidladi.

Xorijiy davlatlarga tashriflar va muzokaralar natijasida qiymati 17 milliard dollar bo‘lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish to‘g‘risida birlamchi kelishuvga erishilgan. Ushbu investitsiyalarni o‘zlashtirish biznes-reja va texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog‘liq. Shu bois bu boradagi ishlarni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli loyihalarga yo‘naltirish va yuqori samaradorlikka erishish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Keng imkoniyatlari bo‘lishiga qaramay, Buxoro viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 10 ta loyiha, Navoiyda 9 ta, Qashqadaryoda atigi 1 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryoda 13 tumanda, Farg‘onada 11, Surxondaryoda 10, Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8 tadan, Xorazm, Navoiy viloyatlarida 7 tadan, Qoraqalpog‘iston va Samarqandda 6 tadan, Andijon va Sirdaryoda 5 tadan, Namangan viloyatida 4 ta tumanda xorijiy investitsiya ishtirokida birorta ham loyiha rejalashtirilmagani tanqid ostiga olindi.

Shuning uchun bu ishlarni keskin faollashtirish lozim. Investitsiya qo‘mitasining viloyat, shahar va tuman bo‘limlari xorijiy investitsiyalarni olib kelishi va xorijiy investorlarga barcha masalalar bo‘yicha amaliy ko‘mak berishi kerak. Shuningdek, tuman va shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining har biri o‘z hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etishga hissa qo‘shishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Loyihalarni amalga oshirishning barcha jarayonlarini to‘liq qamrab oladigan, uni tayyorlashdan to ishga tushirishgacha bo‘lgan davrni monitoring qilish imkonini beradigan yagona elektron axborot tizimini joriy etish yuzasidan vazifalar berildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Investitsiya takliflarini shakllantirish, investorlar topish, loyihalar ishlab chiqish, ekspertiza qilish, moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.



Muallif: O`zA
Marta o`qilgan: 845